23:00 / 29.12.2017
4 156

Mirolim Mirzaydinov ertaga jang qiladi

Mirolim Mirzaydinov ertaga jang qiladi
MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevning shogirdi Mirolim Mirzaydinov ertaga 30 dekabr kuni Olmaota shahrida MMA bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qozog‘istonlik Baxtiyor Nesipbekga qarshi jang o‘tkazadi.

Bugun, mazkur jang oldidan sportchilarning vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mirolim va Baxtiyorning vaznini tarozi bir xil – 57 kilogramm qilib ko‘rsatdi. Ko‘zlar to‘qnashuvida ham sportchimiz raqibiga qaraganda dadilroq turdi.

“Bugun vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ertaga biz bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan jang bo‘lib o‘tadi. Shogirdimning raqibi tajribali bo‘lishiga qaramasdan, uning g‘alaba qozonishiga ishonaman. Shuningdek, bu yerda BK «Alash Prayd» prezidenti Daniyar Kaskarauov bilan ham suhbatlashdim”, – deydi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirolim Mirzaydinov ertaga jang qiladi