21:00 / 10.02.2018
5 344

Dzyudo: Sharofiddin Lutfullayev finalda!

Dzyudo: Sharofiddin Lutfullayev finalda!
Bugun Fransiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu kun hamyurtlarimiz uchun omadli yakunlanadigan bo‘ldi.

-60 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilimiz Sharofiddin Lutfullayev musobaqaning finaliga yo‘l oldi. Dastlab koreyalik Xarim Lini mag‘lub etgan Sharofiddin keyingi davrada mezbonlarning kuchli polvonlaridan biri Sedrik Revolni mag‘lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelm ham dog‘da qoldirilgach, final eshigi ochildi. Yurtdoshimiz oltin medal uchun kechadigan bellashuvda yaponiyalik Toru Shishime bilan ro‘baro keladi.

Shuningdek, bugun kurash olib borgan boshqa yurtdoshlarimiz Sardor Nurullayev (-66 kg) va Hikmatilla To‘rayev (-73 kg) birinchi raqiblarini mag‘lub etishgan bo‘lsa-da, keyingi davrada musobaqa bilan xayrlashishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dzyudo: Sharofiddin Lutfullayev finalda!