Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida yarim finalga chiqa olmadi

  • 20 noyabr 2015, 10:53
  • 4 111
  • Sport
  • O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Italiyaning Breshia shahrida davom etayotgan «Chellenjer» turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslarida yarim finalga chiqa olmadi, deb xabar qiladi «Olamsport».

    Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida yarim finalga chiqa olmadi

    Do‘stov mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 evroni tashkil etuvchi musobaqaning chorak finalida gollandiyalik Igor Siyslingga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Taqqoslash uchun, Do‘stov dunyo reytingida 162, Siysling esa 167-o‘rinni egallab turibdi.

    Eslatib o‘tamiz, Farrux Do‘stov ilk davrada italiyalik Matteo Violani 6:4, 4:6, 6:4, ikkinchi bosqichda slovakiyalik Lukash Laskoni 6:4, 6:7, 7:6 hisobida mag‘lub etgan edi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Farrux Do‘stov Italiyadagi turnirning yakkalik bahslarida yarim finalga chiqa olmadi