Hasanboy Do‘smatov azaliy raqibi Xoanis Argilagosga qarshi ringga ko‘tariladi.
Foto: “Olympicboxing.uz”
Bugun Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida WSB musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli “Uzbek Tigers” jamoasi Kubaning “Cuba Domadores” klubiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Musobaqaning ochilish marosimi soat 18:30da boshlanadi.
49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov Xoanis Argilagosga qarshi, 56 kg vaznda Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresga qarshi, 64 kg vaznda Iqbol Xoldorov Endi Kruzga qarshi, 75 kg vaznda Isroil Madrimov Arlen Lopesga qarshi va 91 kg vaznda Sanjar Tursunov Erislandi Savonga qarshi ringga chiqadi.
Foto: “Olympicboxing.uz”
Eslatib o‘tamiz, Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi