18:43 / 21.03.2018
4 190

Keniya olimpiya terma jamoasi Andijonda katta tantana bilan kutib olindi

Keniya olimpiya terma jamoasi Andijonda katta tantana bilan kutib olindi
Keniya olimpiya terma jamoasi bugun tongda yurtimizga yetib kelgani haqida avvalroq ma’lum qilgandik. Shu kunning o‘zidayoq keniyalik futbolchilar o‘yin bo‘lib o‘tadigan Andijon shahriga yo‘l olishdi.

Afrikalik futbolchilarni Andijonda viloyat futbol federatsiyasi mas’ullari, muxlislar va OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi.

O‘z o‘rnida bunday katta e’tibor va o‘zbekona mehmondo‘stlikdan keniyaliklarning ham boshlari osmonga yetdi va mahalliy muxlislar bilan birga Navro‘z bayramini nishonlashdi.

Keniya olimpiya terma jamoasi vakillari Andijondagi “Bog‘ishamol” mehmonxonasiga joylashishdi. Ular bugundan mashg‘ulotlarga kirishishadi.

Eslatib o‘tamiz, Keniya OTJga qarshi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 1-o‘rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni Andijon shahridagi “Barkamol avlod” stadionida soat 20:00da boshlanadi.



Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keniya olimpiya terma jamoasi Andijonda katta tantana bilan kutib olindi