10:53 / 01.04.2018
3 925

Povetkin 2 metrli britaniyalik bokschini nokautga uchratdi (video)

Povetkin 2 metrli britaniyalik bokschini nokautga uchratdi (video)
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Kardiffda kechayotgan boks oqshomida angliyalik Devid Praysni mag‘lub etdi.

3-raundda Povetkin dastlab raqibini nokdaun holatiga tushirdi, so‘ngra o‘zi ham nokdaunga uchradi.

5-raundda Prays Povetkin tomonidan yo‘llangan kuchli zarbadan so‘ng nokautga uchradi.

Shu tariqa, Povetkin professional boksdagi 35-jangida 34-g‘alabasiga erishdi.

Bo‘yi 203 sm bo‘lgan 34 yoshli Prays esa, faoliyatidagi 5 mag‘lubiyatiga uchradi, bokschi ularning barchasida nokaut bilan yengilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Povetkin 2 metrli britaniyalik bokschini nokautga uchratdi (video)