El Mundo Deportivo: 2015 yilgi «Oltin to‘p»ni Messi oladi

  • 27 noyabr 2015, 13:02
  • 4 130
  • Sport
  • Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri joriy yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishini aniqlash maqsadida o‘z tadqiqotlarini olib bordi, deb xabar qiladi «Sports.ru».

    El Mundo Deportivo: 2015 yilgi «Oltin to‘p»ni Messi oladi

    Nashr so‘rovnomasida milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, bundan tashqari OAV vakillari ishtirok etgan.

    El Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilgi «Oltin to‘p» 414 ochko (82,4%) to‘plagan «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga nasib etadi.

    Ikkinchi o‘rinni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (212,5 ochko), uchinchi pog‘onani «Barselona» forvardi Neymar (95,5 ochko) egallaydi.

    Keyingi o‘rinlardan Luis Suares («Barselona», 34,5 ochko), Zlatan Ibragimovich («PSJ», 21) va Andres Inesta («Barselona», 20) joy oladi.

    «Oltin to‘p» sohibi 2016 yil 11 yanvar kuni Syurixdagi tantanali marosimda e’lon qilinadi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » El Mundo Deportivo: 2015 yilgi «Oltin to‘p»ni Messi oladi