14:02 / 16.05.2018
3 596

Xosep Gvardiola APLda yil murabbiyi bo‘ldi

Xosep Gvardiola APLda yil murabbiyi bo‘ldi
Angliyada 2017/18 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Bu haqda Angliya premer ligasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida «Manchester Siti»ni muddatidan avval Angliya chempionligiga boshlab kelgan 47 yoshli Xosep Gvardiola e’tirof etildi.

«Shaharliklar» Gvardiola qo‘l ostida APLda 100 ochko to‘plab, 106 ta gol urdi(27 ta o‘tkazdi, to‘plar nisbati +79), 32 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 16 tasi safar o‘yinlarida. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted»ni esa 19 ochkoga ortda qoldirdi. Bularning barchasi Angliya premer ligasi tarixidagi rekord ko‘rsatkichlar sifatida qayd etildi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga, shuningdek, Yurgen Klopp («Liverpul»), Shon Daych («Bernli»), Roy Xojson («Kristal Pelas»), Rafael Benites («Nyukasl»), Kris Xyuton («Brayton») ham da’vogarlik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola APLda yil murabbiyi bo‘ldi