Foto: «Olamsport»
Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu musobaqada yetti nafar bokschimiz yarim finalda jang o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
«Olamsport» nashrining xabar berishicha, hozirgacha o‘tkazilgan janglarda uch nafar bokschimiz finalga yo‘l olgan. Ikki nafari esa mag‘lubiyatga uchragan.
Dastlab -56kg vazn toifasida ringga chiqqan Shahobiddin Zoirov yarim finalda jahon chempioni, mezbon bokschi Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga ko‘tarilgan. Hamyurtimiz bahsni yomon o‘tkazmagan, ammo, yakunda hakamlar mezbon bokschining g‘alabasini qayd etishdi va Yeraliyev final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shahobiddin esa musobaqaning bronza medali bilan kifoyalandi.
Turnirning -60kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini Shunqor Abdurasulov himoya qilmoqda. Bokschimiz final yo‘llanmasi uchun mezbonlar vakili Zakir Safiullinga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangni faol o‘tkazgan bokschimiz g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Endi Shunqor musobaqaning hal qiluvchi finalida rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi jang o‘tkazadi.
Musobaqaning -75 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov yarim final jangida qozog‘istonlik Amankulga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchta raundning kamida ikkitasida raqibidan ustunlikka erishsa-da Madrimovga yakunda hakamlar g‘alabani berishmagan. Shunga qaramay, Isroil Madrimov ringdan chiqib ketishi oldidan o‘zining sevimli saltosini amalga oshirdi. U «Prezident Kubogi»ning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Turnirning -81 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev yarim final jangida qozog‘istonlik Nurdauletovga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raundlik jang yakunida hamyurtimiz g‘alaba qozondi va turnirning finaliga yo‘l oldi.
Bahslarda -64kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Iqboljon Xoldorov yarim final jangida tailandlik Vuttichaiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va finalga chiqdi.
Yarim final bahslarida yana ikki nafar bokschimiz – Aliyor Noraliyev va Mahmud G‘oipov ringga ko‘tarilishadi. Ularga ham mezbon jamoa vakillari raqiblik qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi