"Nasaf"ga qarshi o'yindagi xet-trik bilan Superliga to'purariga aylanib olgan «Paxtakor» klubi hujumchisi Ismoil Gonsalvesh uchrashuv va mavsum xususida fikrlarini aytib o'tdi.
- O'yinda ishqibozlarimizni chiroyli g'alaba bilan xursand eta oldik. Bellashuvni nazorat qildik va vaziyatlardan unumli foydalandik. Bilmadim, bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimmi yoki yo'q, ammo biz har doim bor kuchimizni berishga urinamiz.
Xet-trikka erishganimda jamoadoshlarimning hissasi ulkan bo'ldi. Ular menga shunday imkoniyat yaratib berishdi. Jamoaviy o'yin va g'alaba eng muhim narsa. Yakunda chempion bo'lishimiz barchasidan kerakliroq turadi.
Keyingi bosqichni "oltin ochkolar" bilan boshlashimizni bilganimda hayron bo'lgandim. Ammo format shunday va shu bo'yicha o'ynaymiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo'yganmiz. Ushbu niyat yo'lida olg'a qadam bosishda davom etamiz. Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi