23:18 / 25.10.2018
3 289

Rasman! O‘FA "JAKO" bilan shartnoma imzoladi

Rasman! O‘FA "JAKO" bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib boib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (“YaKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Marosimda MOQ prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, "JAKO" (“YaKO”) kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol hamda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etishdi.

Umid Ahmadjonov O‘FA "JAKO" kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilar ekan, nima sababdan ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishga qaror qilinganini aytib o‘tdi:

"JAKO" kompaniyasi jahonga mashhur kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniya endilikda turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun boshdan-oyoq ekipirovkalar yetkazib beradi. E’tiborli tomoni, milliy terma jamoamiz uchun bu kompaniya ekipirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Ekipirovkalar 96 xil narsadan iborat. Buning ichida turli mavsum liboslari, oyoq kiyimlar va boshqa aksessuarlar bor. Tez orada "JAKO" kompaniyasining do‘konlarini ham yurtimizda ochish rejalashtirilgan. Muxlislar terma jamoamiz liboslarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy olib keldik, yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlayapmiz. Umid qilib qolamizki, mazkur kelishuvimiz samarali bo‘lib, terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erishishadi", - dedi Umid Ahmadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! O‘FA "JAKO" bilan shartnoma imzoladi