Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri «Fulhem» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilingan.
London jamoasining sobiq ustozi Slavish Yokanovich qoniqarsiz natijalar ortidan ishdan olingan. Klub APLning 12 turidan so‘ng 9 ochko bilan jadvalning eng quyi pog‘onasini band etib turibdi.
«O‘z an’analari va tarixiga ega «Fulhem»ni qabul qilib olish men uchun katta sharaf. Bu jamoaning maqsadi hech qachon faqat Premer-ligada jon saqlab qolishgina bo‘lishi kerak emas. Biz doimiy xavfli raqibga aylanishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz kerak», - deb aytib o‘tgan Raneri.
67 yoshli murabbiy bunga qadar «Napoli», «Valensiya», «Atletiko», «Chelsi», «Yuventus», «Inter», «Roma», «Monako» va «Lester Siti» kabi jamoalardagi faoliyati bilan jamoatchilik nazariga tushgan. U 2015/16 yillar mavsumida «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab borgan edi. O‘sha yili Raneri FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”