Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Tottenxem» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishdi.
O‘yin mezbonlarning faolligida boshlandi, bu esa tez orada o‘z samarasini berdi. 9-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Yann Vertongen o‘z jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi. Natijada belgilangan penaltini Per-Emerik Obameyang aniq ijro etib, hisobni ochdi.
Shundan keyin ham maydon egalarida yana bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan samara chiqmadi. 30-daqiqada Erik Dayer jarimadan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va muvozanatni tikladi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay «shporlar» ikkinchi golini urishdi, Son Hin Min raqib jarima maydonida yiqitildi va uchrashuv hakami 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Undan Xarri Keyn unumli foydalandi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida endi «Arsenal» futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Aoron Remsining ajoyib pasidan so‘ng Obameyang kuchli zarba bilan Ugo Lorisni dog‘da qoldirdi.
75-daqiqada mehmonlar himoyachisining xatosi qimmatga tushdi: qulay imkoniyatga chiqib borgan Aleksandr Lyakazett jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to‘p Dayerga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.
Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas «Arsenal» to‘rtinchi golni urdi. Lukas Torreyra o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Bu yetmaganidek 85-daqiqada «Tottenxem» bir kishi kam bo‘lib qoldi. Vertongen ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa, «Tottenxem»ning beshta o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi. «Arsenal» o‘z ochkolarini 30taga yetkazib oldi va Premer-liga turnir jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. «Tottenxem» (30) esa 5-o‘riinga tushib ketdi.
Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
APL, 14-tur
Arsenal – Tottenxem 4:2 (1:2, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Obameyang, 1:1 – 30 Dayer, 1:2 – 34, penalti Keyn, 2:2 – 56 Obameyang, 3:2 – 74 Lyakazett, 4:2 – 77 Torreyra.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolashinats, Mustafi (Genduzi, 71), Mxitaryan (Remzi, 46), Torreyra, Ivobi (Lyakazett, 46), Djaka, Belerin, Obameyang.
Tottenxem – Loris, Vertongen, Devis (Rouz, 82), Ore, Foyt, Sissoko, Dayer, Eriksen, Alli (Uinks, 79), Son Xыn Min (Lukas Moura, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Vertongen (9), Dayer (32), Mustafi (37), Djaka (49), Alli (65), Torreyra (78), Ore (90).
Chetlatish: Vertongen (85).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi