Professional boksning super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Intersontinental kamari sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangida jahon chempionligi kamari sohibi bilan jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda 5 dekabr kuni sportchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasida amaldagi chempionga qilgan murojaatida ma’lum qilgan.
“Beshta jangimdagi g‘alabalar evaziga WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildim. Bu hozirda WBA chempionlik kamari sohibi bo‘lgan Daniel Romanga qarshi ringga chiqish huquqini beradi. Jamoam bu jangni tashkillashtira olishiga ishonaman, lekin buning uchun chempionning o‘zi rozilik berishi kerak. U chempion va uning qarorini hurmat qilaman. Ammo oldimga butun dunyo reytingida birinchi o‘rinda bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganman. Shunday ekan, Daniel Roman, kel birgalikda sportsevarlarga, boks ishqibozlariga ajoyib bellashuv taqdim etamiz. Eng kuchli kim bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘lsin“, deya yozib qoldirgan Ahmadaliyev.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Hozirgacha 5 ta jang o‘tkazgan Ahmadaliyev ularning barchasida g‘alaba qozongan, 4 ta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.
28 yoshli Daniel Roman esa professional boksda 29 ta jang o‘tkazib, ularning 26tasida g‘alaba (10ta nokaut) qozongan, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. 2017 yilning 9 sentyabrida yaponiyalik Shun Kuboga qarshi jangda WBA chempionlik kamarini himoya qilgan.
So‘nggi marta 2018 yilning 6 oktyabr kuni Gevin MakDonnellga qarshi jangda raqibini 10-raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi