03:11 / 19.12.2018
2 504

Messi - beshinchi “Oltin butsa” haqida: “Yoshligimda televizorga chiqishni orzu qilardim”

Messi - beshinchi “Oltin butsa” haqida: “Yoshligimda televizorga chiqishni orzu qilardim”
“Barselona” hujumchisi Leo Messi qoʻlga kiritilgan beshinchi “Oltin butsa”si haqida gapirdi.

"Faoliyatimni boshlaganimda bunday boʻlishini kutmagandim. Shunchaki professional futbolchi sifatida televizorga chiqishni orzu qilardim.

“Oltin butsa” mening va jamoadoshlarimning mehnati mevasi. Men dunyoning eng yaxshi jamoasida oʻynayman. Bu esa hayotni anchagina yengillashtiradi.

Shukurki, jismonan, ruhan, har tomonlama oʻzimni yaxshi his qilyapman. Yillar oʻtgan sayin odam oʻzi haqida qaygʻurar ekan. Butun faoliyatim davomida men atrofimdagi barcha insonlar haqida ham oʻyladim.

Oldinda oʻyinlar koʻp, taʼtil esa kam. Shunday ruhda davom etishi uchun koʻproq ishlashim kerak", - dedi Messi.


Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi - beshinchi “Oltin butsa” haqida: “Yoshligimda televizorga chiqishni orzu qilardim”