19:09 / 29.12.2018
3 404

Ronalduning dubli evaziga «Yuventus» klubi «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi

Ronalduning dubli evaziga «Yuventus» klubi «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi
Italiya chempionatining 19-turida «Yuventus» klubi o‘z maydonida «Sampdoriya» futbolchilarini qabul qildi va kichik farq bilan g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etdi.

O‘yinning 2-daqiqasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Unga to‘pni aniq qilib Paulo Dibala uzatib berdi. 33-daqiqada esa uchrashuvni boshqarib turgan hakam turinliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi va mehmonlar hujumchisi Fabio Kvalyarella hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib yana jamoasini oldinga olib chiqdi va «Yuventus» ustunlikni o‘yin oxiriga qadar ushlab turdi.

Italiya chempionati 19-tur

«Yuventus» – «Sampdoriya» 2:1 (1:1, 1:0)
Gol:
1:0 – 2 Ronaldu, 1:1 – 33, penalti Kualyarella, 2:1 – 65, penalti Ronaldu.

«Yuventus» – Perin, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Djan, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 82), Ronaldu, Dibala, Mandjukich (Bernardeski, 69).
«Sampdoriya» – Audero, Ferrari, Murru, Sala, Kolli, Ramires (Saponara, 72), Ekdal (Yankto, 82), Linetti, Prat, Kaprari (Defrel, 67), Kualyarella.

Ogohlantirishlar: Matyuidi (36), Ferrari (36), Rugani (71), Saponara (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning dubli evaziga «Yuventus» klubi «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi