
Bugun "Real" va "Bavariya" YECHLning ikkinchi finalchisini aniqlashadi. Ushbu o‘yindan oldin "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Afsuski, bu "Bavariya" uchun sovrin yutish uchun oxirgi imkoniyat. O‘ylaymanki, bu narsa bizni g‘alabaga chanqoqroq qiladi. YECHL eng obro‘li va o‘ta qiyin turnir.
Yarim finalning javob o‘yiniga kelayotganingda barchasi tushunarli bo‘ladi. Vazifa aniq, oldinga qadam bosish kerak. Ikkala jamoa ham o‘yinga borini beradi. Konsentratsiya ikki tomonda ham yuqori. O‘yinga to‘liq qo‘shilib ketishimiz lozim. Bu o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin", - deydi Tomas Tuxel.
Ma’lumot uchun, "Real" "Bavariya" o‘rtasidagi javob bahsi, bugun soat 23:59 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.