Mavsumni kutilgan darajada o‘tkaza olmagan “Chelsi” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmasligi uchun bir necha o‘yinchisi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.
Klub rahbariyati sof foyda olish uchun birinchi navbatda “Chelsi” tarbiyalanuvchilarini sotishga e’tibor qaratadi.
Ekspertlar “aristokratlar” safini tark etadigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirdi.
Konor Gallaxer – klub bu futbolchi transferidan 60 million funt daromad ko‘rishni ko‘zlagan. U har qanday jamoada o‘ynab keta oladi.
Ian Maatsen – “Borussiya”ga ijaraga jo‘natilgan futbolchining o‘yini ochilib ketdi. Dortmundliklar uni o‘z safida olib qolmoqchi. Buning uchun 35 million funt kerak.
Trevo Chaloba – mavsum oxirida o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshlagan markaziy himoyachi 25-30 million funtga baholanmoqda.
Lyuis Xoll – bu futbolchini ijarada o‘ynatayotgan “Nyukasl” 28 million funt to‘lashga rozilik bergan.
Shuningdek, Romelu Lukaku (“Roma”) va Kepa Arrisabalaga (“Real”) kabi qimmatbaho o‘yinchilar ham ijara muddati tugagach, o‘zlariga yangi jamoa topishi kerak. Rahim Sterlingni esa, Saudiya Arabistoniga jo‘natib, londonliklarga g‘aznaga katta pul tushirmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Supergol urgan Fayzulllayevning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbekistonda ko‘ngilochar maskanlarni 24/7 rejimida ishlatish taklif etildi