11:25 / 14.01.2019
3 211

Osiyo Kubogi. Avstraliyaga duch kelmasligimiz uchun Yaponiyaga magʻlub boʻlmasligimiz kerak

Osiyo Kubogi. Avstraliyaga duch kelmasligimiz uchun Yaponiyaga magʻlub boʻlmasligimiz kerak
Osiyo Kubogining “F” guruhi ishtirokchisi Oʻzbekiston termasi yakshanba kuni Turkmanistonni magʻlub etib, muddatidan oldin pley-off raundiga yoʻllanma oldi. Tabiiy ravishda jamoaning keyingi bosqichdagi raqibi kim boʻlishi masalasida savollar tugʻilmoqda.

Avvalo, shunga aniqlik kiritib oʻtish kerakki, Oʻzbekiston guruh gʻolibligini qoʻlga kiritishi uchun oxirgi turda Yaponiya bilan durang oʻynashi kifoya. Reglamentga koʻra, ochkolar teng kelgan holatda avvalo oʻzaro oʻyinlar nisbatiga qaraladi; agar ochkosi teng jamoalar soni ikkita boʻlsa va oʻzaro toʻqnashuvda durang kuzatilsa, u holda guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarda qayd etilgan toʻplar nisbatiga ahamiyat qaratiladi.

Shu jihatdan ham 2-turda Turkmaniston toʻrtta toʻp farqi bilan magʻlub etilgani ayni muddao boʻldi. Yaponiya turkmanlar bilan ilk turda uchrashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi; Ummon bilan ham minimal 1:0 hisobi qayd etildi. Demak, 3-tur oldidan Oʻzbekiston +5 (6-1), Yaponiya esa +2 (4-2) toʻplar nisbatiga ega.

Oʻzbekiston guruhda birinchi oʻrinni egallashi shunisi bilan ahamiyatliki, “F” toʻrtligining ikkinchi oʻrindagi vakili nimchorak finalda “B” kvartetida ikkinchi boʻlgan terma jamoa bilan toʻqnash keladi. “B” guruhida Avstraliya oʻzaro oʻyindagi magʻlubiyat sababli birinchi oʻrinni Iordaniyaga boy berib boʻlgan. Keyingi pogʻona band etilishi uchun ertaga Suriya bilan kamida durang qayd etilsa bas. Suriya dastlabki ikki oʻyinda ham gol ura olmaganini eʼtiborga olsak, bu vazifa “kengurular” uchun qiyinchilik tugʻdirmasligini taxmin qilish mumkin.

Demak, Ektor Kuper payshanba kuni Yaponiyani magʻlub etishi yoki durangga erisha olishi kerak. Aks holda, yaponlardan qabul qilingan magʻlubiyatdan toʻrt kun oʻtib, Avstraliyaga qarshi maydonga chiqishga toʻgʻri keladi. Teskari variantda esa Yaponiya–Avstraliya juftligi yuzaga keladi va chempionlikka daʼvogar ikki jamoadan biri nimchorak finaldayoq turnir bilan xayrlashadi.

Oʻzbekiston guruh gʻolibligini qoʻlga kirita olgan taqdirda, shu kuni Yaponiya bilan oʻyin yakuniga yetganidan soʻng boshlanadigan Saudiya Arabistoni –Qatar uchrashuvida yengilgan jamoani pley-offda kutib oladi. Ikki arab jamoasi durang oʻynasa, toʻplar nisbatiga koʻra Saudiya Oʻzbekiston qarshisidan chiqadi.

Saudiya Arabistonini ham, Qatarni ham oxirgi ikkita Osiyo Kubogida magʻlub etganmiz. Arablar toʻsigʻidan soʻng chorak finalda katta ehtimol bilan Iordaniya bilan oʻynashga toʻgʻri keladi. Sensatsiyalar kuzatilmagan taqdirda yarim finalda Eron terma jamoasiga duch kelishimiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Avstraliyaga duch kelmasligimiz uchun Yaponiyaga magʻlub boʻlmasligimiz kerak