“Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan uelslik futbolchi Garet Beylga umid bildirayotganini aytdi.
Avvalroq, OAV orqali Zidan Beylni sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
“Barchamiz Beylning qanday futbolchi ekanligidan xabardormiz. Biz ham, shuningdek, u ham ishlashga tayyor. Beyl mavsumni qanday oʻtkazayotganligi haqida gapirmoqchi emasman. Bizni kutib turgan 11ta bahs haqida oʻylayapman. Xuddi, jamoaning boshqa aʼzolariga ishonganim kabi, Beylga ham umid bildiraman. Mavsumni yaxshi yakunlashimiz kerak. Hozir kim jamoadan ketishi yo ketmasligi haqida gapirishning mavridi emas. Hammasi yana boshidan boshlanmoqda va meni yangi sarguzashtlar kutmoqda.” – deydi 46 yoshli fransiyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, Zidan qaytganidan soʻng, “Real” ilk bahsini LaLiga 28 turi doirasida “Selta”ga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv 16 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?