Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini oʻtkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, AQSHning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz oʻz ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli gʻalabani tantana qildi.
Amerikalik Uilli Harviga qarshi ringga koʻtarilgan Bahodir jang toʻliq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Taʼkidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib oʻzgargan edi. Biroq bu holat Jalolovga xalaqit bermagan.
Shu tariqa oʻzbekistonlik bokschi oʻzining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super ogʻir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pogʻonaga koʻtariladigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi