00:30 / 21.03.2019
3 949

Sanjar Rahmonovning 5 aprel kungi raqibi maʼlum boʻldi, u nokautchi

Sanjar Rahmonovning 5 aprel kungi raqibi maʼlum boʻldi, u nokautchi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblangan bokschimiz Sanjar Rahmonov oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Unga koʻra, hamyurtimiz 5 aprel kuni ringga koʻtariladi. Uning jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi Samʻs Town Hotel & Gambling Hall arensida boʻlib oʻtadi. Raqib esa Keyt Xanter boʻladi.

Amerikalik 26 yoshli bu bokschi ancha jiddiy raqib hisoblanadi. U prof ringda 9ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Yettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Taqqoslash uchun, Sanjar Rahmonov professional boksda 13ta jang oʻtkazgan. Oʻn bitta jangda gʻalaba qozongan. Beshta jang muddatidan avval hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlangan. Hisobida bitta magʻlubiyat va durang bor.

Eslatib oʻtamiz, charm qoʻlqop ustamiz oʻzining soʻnggi jangini 8 dekabr kuni Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi oʻtkazgan va sakkiz raundlik jang yakunida raqibini ochkolar hisobiga koʻra magʻlubiyatga uchratgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Rahmonovning 5 aprel kungi raqibi maʼlum boʻldi, u nokautchi