Foto: Google Images
Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Soʻnggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoʻziyev kuni kecha AQSHga joʻnab ketgan. Bektemir Meliqoʻziyev u yerda »Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda oʻzbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Gʻiyosov (7 ta jang, 7 ta gʻalaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 4 ta nokaut), Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta gʻalaba, 2 ta nokaut) va Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 5 ta nokaut) shugʻullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi oʻzbekistonlik sportchi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq havaskor boks boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingan va undan Bektemir Meliqoʻziyev oʻrin olmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi