22:53 / 21.04.2019
2 416

"Arsenal" London derbisida "Kristal Pelasga"ga mag‘lub bo‘ldi (video)

"Arsenal" London derbisida "Kristal Pelasga"ga mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya chempionatining 35-tur doirasida "Arsenal" klubi "Kristal Pelas" jamoasini qabul qildi.

Uyinni mehmonlar shiddat bilan boshlashdi. Kristian Benteke 17-daqiqada hisobni ochishga erishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Mesut O‘zil jamoasining ajoyib kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 61-daqiqada Zaa yana "Everton"ni oldinga olib chiqdi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib Makartur hisobni 1:3 ko‘rinishiga olib keldi. "Arsenal" klubi qolgan vaqt davomida hujumga zo‘r berishiga qaramay faqatgina Obameyang 77-daqiqada gol urishga erishdi. Shu bilan maydon egalari mag‘lubiyatni tan olishdi.

Shu tariqa, "Arsenal" 66 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi. Mehmonlar esa 12-pog‘onada ko‘tarilib olishdi.

"Arsenal" – "Kristal Pelas" 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar:
0:1 – 17 Benteke, 1:1 – 47 O‘zil, 1:2 – 61 Zaa, 1:3 – 69 Makartur, 2:3 – 77 Obameyang.
"Arsenal" – Leno, Jenkinson (Meytlend-Naylz, 46), Mustafi, Mavropanos (Ivobi, 46), Kolashinats, El-Nenni (Torreyra, 68), Genduzi, O‘zil, Koselni, Obameyang, Lyakazett.
"Kristal Pelas" – Guaita, Uan-Bissaka, Uord, Denn, Kelli, Milivoyevich, Mayer (Taunsend, 80), Kuyate, Makartur, Zaa, Benteke (Ayyu, 78).
Ogohlantirishlar: Mavropanos (16), Ozil (63), Genduzi (68), Uord (81), Mustafi (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" London derbisida "Kristal Pelasga"ga mag‘lub bo‘ldi (video)