22:05 / 26.05.2019
2 940

Andrey Fyodorov: "Babayan haqidagi gaplar jamoaning o‘yiniga ta’sir etgani yo‘q"

Andrey Fyodorov: "Babayan haqidagi gaplar jamoaning o‘yiniga ta’sir etgani yo‘q"
“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- “Lokomotiv” jamoasi ishqibozlarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. Zero “Nasaf” tarkibida yoshlar ko‘p bo‘lsa-da, tartibli va mazmunli o‘yin namoyish etadigan jamoa. Kutganimizdek, bahs ancha murakkab kechdi. Bugun biz uchun eng muhimi – g‘alaba qozonish edi. Mana yakunda 3 ochkoga ega chiqdik va endi uyga yaxshi kayfiyatda yo‘l olamiz, - dedi mutaxassis.

- O‘yin oldidan "Lokomotiv" atrofida Samvel Babayan murabbiy bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu jamoaning o‘yiniga qay darajada ta’sir qildi?
- Yo‘q, biz odatdagi tartibda shug‘ullanishda davom etdik. Murabbiyning taqdiri shunday. Bugun taklif etishadi, ertaga iste’foga chiqarishadi. Ammo bu narsa ta’sir etgani yo‘q.

- Shuhrat Muhammadiyevning ahvoli qanday?
- Biz uni uzoq muddatga yo‘qotdik. Suyakning ochiq sinishi ro‘y bergan.

- "Lokomotiv"ning oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
- Chempionlik, "Loko"ning oldiga boshqacha maqsad qo‘yilmagan.
Shahzod Xolboyev yozib oldi

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Babayan haqidagi gaplar jamoaning o‘yiniga ta’sir etgani yo‘q"