22:20 / 09.07.2019
4 746

Shohjahon Ergashev haqida so‘nggi ma’lumot

Shohjahon Ergashev haqida so‘nggi ma’lumot
So‘nggi kunlarda professional bokschimiz Shohjahon Ergashev borasida ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlar tarqaldi.
Uning avtofalokatga uchragani haqida mish-mishlar, operatsiya stolida yotgan eski suratlari chiqib ketdi.

Ammo, havotirlanishga hojat yo‘q. Bokschi ayni paytda sog‘-salomat. U hozirda AQShda bo‘lib turibdi va navbatdagi jangiga aynan o‘sha yerda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, u 20 iyul kuni Rossiyaning Gelenjik shahrida ringga ko‘tarilishi lozim. Uning o‘sha kungi raqibi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev haqida so‘nggi ma’lumot