6-11 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida 26-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali (26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo‘lib o‘tdi. Unda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, xalqaro grossmeystrlar Nodirbek Yakubbayev, Nodir Abdusattorov va O‘zbekiston chempioni Javohir Sindarov qatnashdi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 9 turdan iborat bahsda Nodirbek Yakubbayev 7 ochko bilan 2-o‘rinni, Nodirbek Abdusattarov 6 ochko bilan 16-o‘rinni va eng yosh O‘zbekiston chempioni Javohir Sindarov 5,5 ochko bilan 28-o‘rinni egallashdi.
Foto: Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
Musobaqaning adchessfestival.ae rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, 27 mamlakatdan 55 grossmeystr (7 ayol), 34 xalqaro toifadagi sport ustasi (10 ayol), jami 150 shaxmatchi qatnashgan turnirda, reyting-favorit (eng baland reytingli shaxmatchi) ukrainalik Yuriy Krivoruchko qatnashgan bo‘lsa-da, finalda 1-o‘rinni gruziyalik Jobava Baadur egalladi. 2-o‘rinni egallagan xalqaro grossmeystr, Xalqaro shaxmat akademiyasi tinglovchisi Nodir Yakubbayevga kumush medal bilan birga 7500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti ham topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi