Foto: Twitter/@EuropaLeague
Yevropa Ligasi musobaqasining pley-off o‘yinlaridan keyin guruh bosqchining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Guruh bosqichiga bugun, 30 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da qur’a tashlanadi.
Yevropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumi qatnashchilari bilan tanishing:
Birinchi savatcha: «Sevilya» (Ispaniya), «Arsenal» (Angliya), «Portu» (Portugaliya), «Roma» (Italiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Dinamo» (Ukraina), «Beshiktosh» (Turkiya), «Bazel» (Shveysariya), «Sporting» (Portugaliya), SSKA (Rossiya), «Volfsburg» (Germaniya), «Latsio» (Italiya).
Ikkinchi savatcha: PSV (Niderlandiya), «Krasnodar» (Rossiya), «Kopengagen» (Daniya), «Seltik» (Shotlandiya), «Braga» (Portugaliya), «Gent» (Belgiya), «Borussiya» (Myunxengladbax, Germaniya), «Yang Boyz» (Shveysariya), «Ostona» (Qozog‘iston), «Ludogorets» (Bolgariya), APOEL (Kipr), «Ayntraxt» (Germaniya).
Uchinchi savatcha: «Sent-Etenn» (Fransiya), «Qorabog‘» (Ozarbayjon), «Feyenoord» (Niderlandiya), «Xetafe» (Ispaniya), «Malmo» (Shvetsiya), «Partizan» (Serbiya), «Standard» (Belgiya), «Renn» (Fransiya), «Rusenborg» (Norvegiya), «Istanbul Bashakshehir» (Turkiya), «AZ Alkmar» (Niderlandiya), «Trabzonspor» (Turkiya).
To‘rtinchi savatcha: «Aleksandriya» (Ukraina), «Dyudelanj» (Lyuksemburg), «Volfsberg» (Avstriya), LASK (Avstriya), «Lugano» (Shveysariya), «Slovan» (Slovakiya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Gimaraynsh» (Portugaliya), ChFR (Ruminiya), «Ferensvarosh» (Vengriya), «Espanol» (Ispaniya), «Vulverhempton» (Angliya). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi