00:28 / 09.09.2019
3 161

Shomurodovsiz qolgan "Rostov" Suriya terma jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

Shomurodovsiz qolgan "Rostov" Suriya terma jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi
Rossiyaning “Rostov” klubi bugun Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Rostov-Don shahridagi “Olimp-2” stadionida kechgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ta’kidlash kerakki, “Rostov” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga chaqirilgani bois ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi.

“Rostov” – Suriya 3:0 (3:0)
Gollar:
1:0 – Logashov (14), 2:0 – Logashov (27), 3:0 – Saplinov (40).
«Rostov»: Baburin (Pesyakov, 80), Kozlov (Cherkes, 36), Vilyush (9-minutda chetlatildi; Chernov), Vedernikov, Logashov, Malyarov, Saplinov, Glebov (Bezrukov, 80), Bayramyan (Osinov, 80), Proshlyakov (Gogrichiani, 80), Dolgov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovsiz qolgan "Rostov" Suriya terma jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi