Olmaliq shahrida AGMK klubi "Dinamo"ni qabul qildi. Bahs 3:1 hisobida Mirjalol Qosimov shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi. 6-daqiqada Elguja Grigalashvili uchrashuvdagi hisobni ochdi, - 1:0.
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Elguja yana bir marotaba o‘zini ko‘rsatdi. Jarima zarbasidan so‘ng gruziyalik futbolchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, zaxiradan safga qo‘shilgan Jasur Hakimovning goli bilan tugadi, - 3:0.
87-daqiqada esa Amirjon Safarov chiroyli tarzda Suhrob Sultonov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va oradagi farqni qisqartirdi, - 3:1. Shu tariqa, o‘yin 3:1 hisobida AGMK klubining g‘alabasi bilan yakunlandi.
AGMK – “Dinamo” 3:1
Gollar: Elguja Grigalashvili 6, - 1:0. Elguja Grigalashvili 65, - 1:0. Jasur Hakimov 73, - 3:0 (Jasur Yaxshiboyev). Amirjon Safarov 87, - 3:1.
AGMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Boydullayev, Mirjamol Qosimov (Jasurbek Umarov, 66), Dilshod Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, San’at Shixov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Jasur Yaxshiboyev (Murodjon Toshmatov, 75), Shahzodbek Nurmatov (Jasurbek Hakimov, 63).
Zaxira: Roman Abdulov, Mirg‘iyoz Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Saydullo Rahmatov, Boburbek Yuldashov, Vladislav Kasminin.
"Dinamo": Botirali Ergashev, Hakimxon A’lamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Komil Sharofutdinov, 70), Bahodir Nasimov (Amirjon Safarov, 53), Bobur Qosimov, Sardorbek Eminov, Jasurbek O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Obidjon Hakimov (Nizomjon Norov, 68), Shohruh Abdurahmonov.
Zaxira: Shohruh Eshbo‘tayev, Mirkomil Loqayev, Akmal Xolmurodov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroyev, Dilmurod Karimov.
Ogohlantirishlar: Jasur O‘rinov 55, Erkin Boydullayev 62, Hakimxon A’lamxonov 64, Sardor Rahmonov 77, Komil Sharofutdinov 90. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi