3 625
Davron Fayziyev: Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, ammo Abramov...
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvdan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin haqida o‘z fikrlarini qisqacha bayon etdi.
- O‘yin xaqida qisqacha. 70%ga ekspremental tarkib. Saudiya Arabistoni bilan shunga o‘xshash tarkib o‘ynaydimi? Yo‘q. Odil Ahmedov himoyada tushadimi yana? Bo‘lishi mumkin, aniq emas. Yangilar ishonchni oqladimi? Ha, qisman.
Har biri alohida o‘yin o‘tkazgandek, o‘zaro tushunish masalasi hali muammo. Bog‘lamlar ishlab ketsa ochilib ketadi yana o‘yinimiz. Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, Karlenovich yana chalg‘itib qo‘ydi. Foydali o‘yin. Yaxshi impuls bo‘ldi g‘alabadan. Bir necha kundan so‘ng guruhimiz grandlari dueli, super to‘qnashuv. Yutishimiz kerak, ishonch bor, Xudo xohlasa, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi