17:30 / 04.12.2019
3 084

Toshkentdagi professional boks oqshomida kimlar jang qiladi?

Toshkentdagi professional boks oqshomida kimlar jang qiladi?
Xabar berib oʻtganimizdek 15-dekabr kuni Toshkentda joylashgan “JAR” sport majmuasida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks kechasi tashkil etiladi. Unda bir qator yurtdoshlarimiz bilan birga kubalik -90 kg da oʻz janglarini oʻtkazayotgan Leonar Peres hamda -69 kg vaznda Luis Bayanolar ham ringga koʻtariladi.

Qolaversa, oʻzbek professional boksida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgan Doston Turdiyev, Abdulaziz Najmiddinov, Javohir Fozilovlar ham navbatdagi reyting janglarini oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Baʼzi oʻzgarishlar ham boʻlib qolish ehtimoli mavjud. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentdagi professional boks oqshomida kimlar jang qiladi?