22:30 / 11.12.2019
2 923

"Lokomotiv" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

"Lokomotiv" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi
"Lokomotiv" rahbariyati asosiy jamoaga ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Fyodorovni bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi. Unga yordam beradigan murabbiylar shtabi klub tomonidan rasman e’lon qilinadi.

Ma’lumki, ushbu mavsum yakuniga etgach Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Xitoy klubidan tushgan taklif tufayli "Lokomotiv"ni tark etishdi.

Bu orada klub rahbariyati bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borib yakunda Andrey Fyodorov variantiga to‘xtaldi. "Temiryo‘lchilar" 2019 yilgi futbol mavsumini aynan Andrey Vitalevich qo‘l ostida boshlab dastlab O‘zbekiston Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, shuningdek Osiyo chempionlar ligasidagi guruh o‘yinlarini to‘liq Fyodorov qo‘l ostida o‘tkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragach, Fyodorov iste’foga chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi