Bugun YЕChL 1/8 finaliga qur’a tashlanadi. Kimga qanday raqib tushishi mumkin?

  • 16 dekabr 2019, 12:57
  • 754
  • Sport
  • Bugun YЕChL 1/8 finaliga qur’a tashlanadi. Kimga qanday raqib tushishi mumkin?
    Foto: AFP/Getty Images
    Bugun, 16 dekabr dushanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Quyida turnirning qur’a marosimi haqida to‘liq ma’lumotlar bilan tanishing.

    O‘tgan haftada yakuniga yetgan Chempionlar ligasi guruh bosqichi tarixida ilk marta 1/8 final bosqichda faqat kuchli beshlik chempionatlar klublari qatnashadi.

    Angliya: «Manchester Siti», «Tottenhem», «Liverpul», «Chelsi».
    Ispaniya: «Real», «Barselona», «Atletiko», «Valensiya».
    Italiya: «Yuventus», «Napoli», «Atalanta».
    Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» (Dortmund), «Leypsig».
    Fransiya: PSJ, «Lion».

    Qur’a qachon?
    Qur’a marosimi bugun, 16 dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida mahalliy vaqt bilan soat 12:00da, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur’adan avval 1/8 finalga chiqqan jamoalar ikki guruhga (saralangan va saralanmagan) ajratiladi.

    Saralangan
    «Bavariya» (Germaniya, «B» guruhi)
    «Barselona» (Ispaniya, «F» guruhi)
    «Valensiya» (Ispaniya, «H» guruhi)
    «Liverpul» (Angliya, «E» guruhi)
    «Manchester Siti» (Angliya, «C» guruhi)
    PSJ (Fransiya, «A» guruhi)
    «Leypsig» (Germaniya, «G» guruhi)
    «Yuventus» (Italiya, «D» guruhi)

    Saralanmagan
    «Atalanta» (Italiya, «C» guruhi)
    «Atletiko» (Ispaniya, «D» guruhi)
    «Borussiya» D (Germaniya, «F» guruhi
    «Chelsi» (Angliya, «H» guruhi)
    «Lion» (Fransiya, «G» guruhi)
    «Napoli» (Italiya, «E» guruhi)
    «Real» (Ispaniya, «A» guruhi)
    «Tottenhem» (Angliya, «B» guruhi)

    Qur’a qoidalari
    - Saralangan klublar javob o‘yinida mezbon bo‘lishadi.
    - 1/8 finalda bitta mamlakat yoki guruh bosqichida bitta guruhda bo‘lgan klublar o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

    1/8 final uchrashuvlari qachon bo‘lib o‘tadi?
    Nimchorak finalning dastlabki bahslari 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari o‘tkaziladi. Javob o‘yinlari esa 10, 11, 17 va 18 martga belgilangan.

    Kim raqib bo‘lishi mumkin?

    Guruh g‘oliblari:

    «Barselona»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Lion», «Napoli», «Tottenhem», «Chelsi»

    «Bavariya»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Atletiko», «Lion», «Napoli», «Real», «Chelsi»

    «Yuventus»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Borussiya», «Lion», «Real», «Tottenhem», «Chelsi»

    «RB Leypsig»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Atletiko», «Napoli», «Real», «Tottenhem», «Chelsi»

    «Liverpul»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Atletiko», «Borussiya», «Lion», «Real»

    «Manchester Siti»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atletiko», «Borussiya», «Lion», «Napoli», «Real»

    «PSJ»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Atletiko», «Borussiya», «Napoli», «Tottenhem»,

    «Valensiya»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Atalanta», «Borussiya», «Lion», «Napoli», «Tottenhem»

    Guruhdagi 2-o‘rinlar

    «Atalanta»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Liverpul», «PSJ», «RB Leypsig»

    «Atletiko»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Siti», «PSJ», «RB Leypsig»

    «Borussiya»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Valensiya», «Liverpul», «Manchester Siti», «PSJ», «Yuventus»

    «Chelsi»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Barselona», «PSJ», «RB Leypsig», «Yuventus»

    «Lion»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Liverpul», «Manchester Siti», «Yuventus»

    «Napoli»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Manchester Siti», «PSJ», «RB Leypsig»

    «Real»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Siti», «RB Leypsig», «Yuventus»,

    «Tottenhem»
    Kim raqib bo‘lishi mumkin:
    «Barselona», «Valensiya», «PSJ», «RB Leypsig», «Yuventus».

    Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar qur’a tashlash marosimidan keyin, soat 17:30da Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

    » » Bugun YЕChL 1/8 finaliga qur’a tashlanadi. Kimga qanday raqib tushishi mumkin?