Oʻzbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh qurgan oilalarga maxsus imtiyozlar berildi

Oʻzbekistonda moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga tayyor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun yangi chora-tadbirlar joriy qilindi. Adliya vazirligi ma’lumotiga koʻra, bu chora yosh oilalarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish va barqaror oilaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan.
2027 yildan e’tiboran, har ikki taraf kamida 21 yoshga to‘lgan va ilk bor nikohdan o‘tayotgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi. Xususan:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yosh oilalar uchun subsidiyalar, ssudalar va grantlar miqdori amaldagi me’yorlarga nisbatan 1,5 baravar oshiriladi.
Nikoh shartnomasini tuzgan fuqarolar uchun nikohni qayd etishda undiradigan davlat boji bekor qilinadi.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi davlat tomonidan qoplanishini ma’lum qilgan edi.
Mazkur chora-tadbirlar yoshlarni oila qurishga rag‘batlantirish va mustaqil hayotga qadam qo‘yishda qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!