date

O‘zbekistonning maʼnaviy merosi “New York Festivals” finaliga chiqdi

O‘zbekistonning maʼnaviy merosi “New York Festivals” finaliga chiqdi

O‘zbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilgan va Shavkat Mirziyoyevning mualliflik tashabbusi asosida yaratilgan “Maʼrifat aks-sadosi” hujjatli filmlar seriyasi xalqaro kino sanoatidagi nufuzli musobaqa – New York Festivals TV & Film Awards 2026 final bosqichiga yo‘l oldi.

Loyihada dunyo miqyosida tan olingan, “Oskar” mukofoti sohibi, aktyor Ben Kingsli ham ishtirok etdi. Bu esa filmning sifat va ilmiy-axborot qiymatini yana-da oshirdi.

Final bosqichda hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari bo‘yicha mukofotlardan birini qo‘lga kiritish uchun daʼvogar bo‘ladi. Tanlov g‘oliblari 2026 yil 21 may kuni bo‘lib o‘tadigan Storytellers Gala taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.

Film islom olamining boy intellektual va maʼnaviy merosini Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk olimlar – Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino va boshqa allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi orqali keng yoritib beradi. Shuningdek, filmda Temuriylar va Boburiylar davri, hamda mintaqaning boshqa tarixiy sivilizatsiyalari merosi ham chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ularning ilm-fan, tibbiyot va falsafa rivojiga ko‘rsatgan taʼsiri ilmiy-ommabop usulda taqdim etilgan.

Mavjud loyiha materiallari avvaldan xalqaro auditoriyaga taqdim etilgan bo‘lib, CNN, BBC va Euronews kabi yetakchi telekanallarda efirga uzatilishi loyihaning global nufuzini yana-da oshirdi.

New York Festivals TV & Film Awards xalqaro mukofoti televideniye va kino sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, qatʼiy saralash tizimi, ishtirokchilarning keng geografiyasi va raqobatning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Ilgari ushbu mukofot doirasida BBC, National Geographic va Netflix kabi yetakchi media kompaniyalar tomonidan yaratilgan loyihalar eng yuqori baholangan.

O‘zbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazi xalqaro ilmiy-madaniy maydonda faol pozitsiyani egallab, akademik tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va global media kommunikatsiyalar uyg‘unligiga asoslangan loyihalarni izchil amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu film nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, balki milliy merosimiz va xalqaro kino sanoatida O‘zbekistonning nufuzini oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonning maʼnaviy merosi “New York Festivals” finaliga chiqdi