17:20 / 16.12.2019
2 581

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Ko‘rfaz Kubogi yakuniga yetganidan so‘ng Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z lavozimini tark etdi.
Ushbu jamoani gollandiyalik Ervin Kuman boshqarib kelayotgandi. Lekin Ko‘rfaz Kubogidagi qoniqarsiz ishtirok sabab Ummon futbol federatsiyasi Ervin Kumanni iste’foga chiqardi. Bunga sabab ummonliklarning guruhdan chiqa olishmagani bo‘ldi.

Ervin Kuman shu yilning fevral oyida Pim Verbekdan so‘ng terma jamoani qabul qilib olgandi. Endilikda Ummon JCH-2022 saralash bosqichining qolgan o‘yinlarini boshqa murabbiy qo‘l ostida o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi