06:00 / 26.12.2019
2 596

Xitoy futbolchilar maoshiga cheklov qo‘ydi. Endi Ahmedov ham 3 mln yevrodan ko‘p maosh olmaydi

Xitoy futbolchilar maoshiga cheklov qo‘ydi. Endi Ahmedov ham 3 mln yevrodan ko‘p maosh olmaydi
Xitoy futbol assotsiatsiyasi 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakat Superligasida to‘p suruvchi futbolchilarning maoshiga chegara belgilab qo‘ydi.

Unga ko‘ra legionerlarning yillik maoshi soliqlardan tashqari hisoblaganda 3 mln yevrodan ortmasligi lozim. Biroq, ushbu mablag‘ga futbolchilarning bonusi kiritilmagan.

Mahalliy futbolchilar esa 1,29 mln yevrodan ko‘p maosh olishi mumkin emas. Biroq, agar ular Xitoy terma jamoasi a’zosi bo‘lishsa, ularga yana 20% ustama qo‘shib berilishi mumkin.

21 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchilarga esa 39 ming yevrodan ko‘p to‘lanmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy futbolchilar maoshiga cheklov qo‘ydi. Endi Ahmedov ham 3 mln yevrodan ko‘p maosh olmaydi