21:35 / 22.01.2020
2 896

Jasur Jaloliddinov: “Abramov hech qanday raqibdan qo‘rqmaydi”

Jasur Jaloliddinov: “Abramov hech qanday raqibdan qo‘rqmaydi”
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi OCHL saralash boqichida Iroqning “Al Zavra” jamoasini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Yakunda ushbu g‘alaba “qaldirg‘ochlar”ga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng, maydonda faol harakatlari bilan g‘alabaga munosib ulush qo‘shgan Jasur Jaloliddinov o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Muhimi o‘ylagan maqsadimizga erishdik. Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Yangi qo‘shilgan futbolchilar jamoamizga moslashib ketishdi. Raqib kuchli ekanligini bilar edik. Shunga yarasha hozirlik olib bordik. Biz bugun deyarli Iroq terma jamoasiga qarshi o‘ynadik. Bugungi g‘alabani unutamiz va keyingi bahsga tayyorlanamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun borimizni beramiz. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Keyingi bosqichda qiyin bo‘lishini bilamiz. Murabbiyimiz hech qanday raqibdan qo‘rqmaydi va shu narsani futbolchilarga ham singdira olgan”, - dedi yosh futbolchi Jasur Jaloliddinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov: “Abramov hech qanday raqibdan qo‘rqmaydi”