13:42 / 24.01.2020
2 679

Lyubinko Drulovich: "Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz"

Lyubinko Drulovich: "Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz"
Xabaringiz bor, ertaga futbol bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari uchinchi o‘rin uchun bahs olib borishadi.
An’anaga muvofiq uchrashuvdan bir kun avval har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Jamoalar yakuniy bosqichda bo‘lgani bois murabbiylar bilan birga har ikki jamoaning bir nafardan futbolchilari ham mazkur anjumanda ishtirok etishdi. Terma jamoamizdan olimpiyachilarimiz sardori Islomjon Qobilov qatnashdi.

Ertaga juda muhim uchrashuv ekanligini bilib turibmiz. Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Avstraliya ancha jiddiy raqib. Raqib jamoa tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o‘yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo‘lajak bahs o‘zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.

Saudiya bilan o‘yindan keyin, avvalo, ruhiy jihatdan, keyin jismoniy jihatdan o‘zimizga kelib olishimiz kerak. Endi Avstraliyadek kuchli raqibni mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz lozim. Buning uchun borimizni beramiz”, – dedi Islomjon Qobilov.

– Janob Drulovich, Saudiyaga qarshi o‘yindan keyin yigitlarga yetarli motivatsiya bera oldingizmi?
– Motivatsiya o‘yindan oldin juda muhim. Saudiya bilan o‘yindan keyin Tokio-2020 uchun bizda yana bir imkon bor. Yigitlarim ham karerasi uchun ertangi bahsda g‘alaba qozonish qanchalik muhim ekanligini tushunib turishibdi. Biz ham bor kuchimizni ishga solsak, maqsadimizga yeta olamiz.

– Har ikki jamoalarning turli yosh toifalaridagi o‘yinlarini hisobga olsak, ko‘pchilik “sokkeruzlar”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Bunga qanday izoh berasizlar?
– Har ikki jamoada ham imkoniyat 50/50. Bizda yaxshi o‘yinchilar bor. Men ularning imkoniyatiga ishonaman. O‘tgan o‘yinda ham g‘alaba uchun ancha yaqin keldik. Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Endi ertaga shu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilamiz (Lyubinko Drulovich).
– Murabbiyimiz aytib o‘tganidek, o‘yindan avval har ikki jamoada imkoniyat bir xil bo‘ladi. Eng oxirgi o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak, bir necha yil avval Bahraynda o‘tgan U-19 Osiyo chempionatida biz Avstraliyani 3:2 hisobida mag‘lub etganmiz. Menimcha, uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahs finaldan ham muhimroq. Bu turnirga jamoalar Olimpiada yo‘llanmasi uchun kelishadi. Finaldagilarda yo‘llanma naqd. Ular chempionlikni hal qilib olishadi. Biz esa Tokio litsenziyasi uchun kurashamiz (Islomjon Qobilov).

– Bahrayndagi musobaqada Doston Ibragimov ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Kecha ko‘tarinki kayfiyatda uning tug‘ilgan kunini nishonlashdi. Doston bo‘lajak bahsga tayyormi?
– Albatta. Hozir nafaqat Doston, balki hamma o‘yinga tayyor. Avvalo, biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. Jamoadagilar bir-biriga ishonib, bir-birini qo‘llab maydonda harakat qilsa, biz, albatta, maqsadga yeta olamiz.


Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyubinko Drulovich: "Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz"