date

O‘zbekiston Senati ko‘chmas mulk huquqlarini ro‘yxatga olish islohotini ma’qulladi

O‘zbekiston Senati ko‘chmas mulk huquqlarini ro‘yxatga olish islohotini ma’qulladi

Senatning navbatdagi 15-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Qonun bilan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, vakolatli tashkilotlar mas’uliyatini oshirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirilib, shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilmoqda.

Muhokamalar davomida soliq qarzdorligi tushunchasi aniqlashtirildi va yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etilishi ta’kidlandi. Senatorlar ushbu normalar ko‘chmas mulk huquqlarini rasmiylashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilishini qayd etishdi.

Majlis yakunida senatorlar mazkur qonunni ma’qulladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Senati ko‘chmas mulk huquqlarini ro‘yxatga olish islohotini ma’qulladi