6 234
Microsoft Surface Phone smartfoniga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel prosessori o‘rnatiladi
Ma’lumki, AQShning Microsoft kompaniyasi garchi operasion tizim va qisman gibrid planshetlar bozorida ilgarilagan bo‘lsa-da, smartfonlar borasida kompaniyaga omad kulib boqmayapti. Hatto firmaning ijrochi direktori Satya Nadella ham mazkur holatni tan olib, o‘z vaqtida foydalanilmagan imkoniyat yuzasidan afsusda ekanini bildirgan.
2016 yilda Redmond giganti birorta smartfonni taqdim etmadi. Biroq kuni kecha mashhur insayder Evan Blassning @evleaks blogida Windows dasturida ishlaydigan noma’lum gadjetning suratlari oshkor etdi. Mutaxassislarning fikricha, aynan mana shu qurilma Surface Phone bo‘lishi kerak ekan.
Terabayt.uz nashrining yozishicha, mazkur smartfon bitta USB Type-C porti bilan jihozlanadi. Qurilma yupqa dizayni va boshqa qirralari bilan Microsoft’ning boshqa gadjetlarini esga soladi. Evan Blassning qayd etishicha, ushbu smartfonga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel prosessori o‘rnatilgan.
Hozircha qurilma haqida biror xulosa qilishga hali erta. Ammo Microsoft smartfonni to‘liq imkoniyatli kompyuterga aylantirishiga umid bildirib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi