«Odnoklassniki» o‘z messenjerini ishga tushirdi

  • 14 iyul 2016, 22:08
  • 5 165
  • Texnologiya
  • «Odnoklassniki» o‘z messenjerini ishga tushirdi

    «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i shaxsiy xabarlar almashish uchun alohida «OK Soobщeniya» mobil ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda «Gazeta.ux» xabar berdi.

    Bepul mobil ilova ijtimoiy tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tganlar uchun ham, Android va iOS platformalaridagi har qanday smartfonlar egalari uchun ham taqdim etiladi.

    «Ozarbayjon, Armaniston, Bolgariya, Qirg‘iziston, O‘zbeiston va Turkmanistonda sinov tariqasida ishga tushirilgani natijasida ilova o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqning asosiy mijozlariga qaraganda 3−4 barobar ko‘proq xabar almashdi», — deyiladi xabarda.

    Ishlab chiquvchilarning tasdiqlashlaricha, ilova kuchsiz qurilmalarda internetga ulanish yomon bo‘lgan sharoitda ham ishlayveradi.

    Dastur yordamida foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlari bilan ham, telefon kitobidagilar, shuningdek, «Odnoklassniki"dan ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar bilan ham muloqot qura oladi.

    «Odnoklassniki» tarmog‘idan bir oyda 250 million ro‘yxatdan o‘tganlarning 73 milliondan ziyodi foydalanmoqda. Mobil auditoriya 64 foizni tashkil etib, 2015 yilda ular soni 30 foizga oshdi.

    » » «Odnoklassniki» o‘z messenjerini ishga tushirdi