Yaqinda Samsung kompaniyasi o‘zining Smart TV turkumidagi aqlli televizorlari uchun navbatdagi dastur yangilanishini chiqardi. Mazkur dastur yangilanishi ayni paytda televizor menyularida turli reklamalarni ko‘rsatishi ko‘plab foydalanuvchilar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Janubiy Koreya kompaniyasi Smart TV televizorlarda reklama ko‘rsatishni rejalagani xaqidagi xabar matbuotda o‘tgan yili paydo bo‘lgan edi. Biroq bugunga kelib ushbu reja amalga oshirildi: endilikda Samsung Smart TV foydalanuvchisi televizor interfeysidagi bir menyudan boshqa menyuga o‘tmoqchi bo‘lsa, u kompaniya hamkorlariga tegishli reklamani ma’lum muddat ko‘rishi talab etilmoqda, bundan g‘azablangan mijozlar esa televizorni internet tarmog‘idan uzib tashlamoqdalar.
Garchi AQShdagi Samsung ofisi vakillari reklamalarni televizor sozlamalarida o‘chirib qo‘yish imkoniyati mavjudligini qayd etishgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarning aytishicha, hatto menyudan reklamani faolsizlantirganda ham ayrim reklamalar baribir ko‘rsatilishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?