Foto: Metaverse Post
Hindistonni rivojlantirishga qaratilgan 25 yillik strategik rejani ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanildi. Bosh vazir Narendra Modi ANI yangiliklar agentligiga intervyusida shuni ma’lum qildi.
Modining aytishicha, uning jamoasi 1,5 milliondan ortiq odamlarning fikrlarini to‘plagan va bu ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tizimlab, tasniflagan.
Bosh vazir «yo‘l xaritasi»ning tafsilotlarini ochmadi, ammo reja u g‘alaba qozonish uchun yuqori imkoniyatga ega uchinchi muddat uchun saylovlardan so‘ng amalga oshirilishini ta’kidladi.
Modining «Bxaratiya Janata» (BJP) partiyasi o‘z saylovoldi dasturini taqdim etgan bo‘lib, unda, jumladan, giyovand moddalar noqonuniy savdosiga qarshi hamda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishni yaxshilashda sun’iy intellektdan foydalanishga va’da berilmoqda. Qolaversa, saylovoldi dasturidan Hindistonda boshlab yuborilgan «sun’iy intellektni rivojlantirish missiyasi» uchun $1,24 mlrd ajratish ko‘zda tutilgan.
Hindiston sun’iy intellekt rivojlanishini ham nazoratga olmoqchi. Shu yilning mart oyida Elektronika va va axborot texnologiyalari vazirligi texnologiya kompaniyalariga yangi sun’iy intellekt vositalarini ishga tushirishdan avval ruxsat olish majburiyatini yuklaydigan tavsiyanomalarini chiqargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi