Xitoy internetga arzon ulanish uchun Rossiyaga «Baxt yulduzi» yaratishni taklif qildi

  • 13 noyabr 2015, 09:45
  • 4 418
  • Texnologiya
  • Xitoy internetga arzon ulanish uchun Rossiyaga «Baxt yulduzi» yaratishni taklif qildi

    Xitoylik mutaxassislar internetga keng polosali ulanishni ta’minlash uchun past orbitalarda sun’iy yo‘ldoshli guruhni yaratishda ishtirok etish taklifini Rossiyaga bildirdi. Bu haqida RIA Novosti'ga asoslanib Telegraf.uz xabar bermoqda.

    «Baxt yulduzi» global loyihasi foydalanuvchilarni internetga keng polosali ulanish bilan ta’minlash uchun past orbitalargga 100 dan ziyod sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishini ko‘zda tutadi. Testoedovning qayd etishicha, dastlabki maslahatlashuv xususiyatiga ega ikkita uchrashuv o‘tkazilib, hozircha texnik vazifa shakllantirilmadi.

    Agar loyiha amalga oshirilsa, tarmoqni faqatgina xitoylik foydalanuvchilar ishlatmaydi. Yo‘ldoshli ulanishning zamonaviy tizimlardan asosiy farqi uning arzon qiymatda bo‘lishi belgilangan.

    Testoedov xitoyliklarning rejalarini zamonaviy tendensiyalar oqimida bo‘lishi bilan izohladi. Darhaqiqat, Google va Facebook kompaniyalari Er yuzidagi tarmoq bilan qoplanmagan ishtirokchilar uchun internetga arzon ulanish bo‘yicha loyihalarni ishga tushirgan. Tarmoqqa ulanishni havo sharlari, baland dronlar va sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Facebook 2016 yilda Afrikaning ayrim hududlarini ulash uchun birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy internetga arzon ulanish uchun Rossiyaga «Baxt yulduzi» yaratishni taklif qildi