19:45 / 14.03.2018
4 710

Internet yaratuvchisi uning asosiy muammosini aytdi

Internet yaratuvchisi uning asosiy muammosini aytdi
Internet yaratilganiga 29 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan uning yaratuvchisi Tim Berners-Li Internetning hozirgi holati haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Internetning zamonaviy holati olimni dahshatga solmoqda. Tarmoq yaratuvchisini ko‘proq unda Google va Facebook kabi monopolit-kompaniyalarning paydo bo‘lgani xavotirga solyapti. Ular o‘ziga xos darvoza qorovuliga o‘xshab qoldi – aynan shu firmalar odamlarga nima ko‘rsatishni, Tarmoq foydalanuvchilariga qanday qarashlar va g‘oyalar bilan tanishishi mumkin ekanini hal qilmoqda.

Timning ishonch bildirishicha, bu kompaniyalar o‘z raqiblari uchun deyarli aylanib o‘tish imkonsiz bo‘lgan to‘siqlar qo‘yib, raqobatni o‘ldirmoqda. Aynan shunday yirik kompaniyalar hozirda sohadagi barcha iste’dodli shaxslarni yollamoqda, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni xarid qilib, ularning yagona egasiga aylanmoqda. Bu kelayotgan yigirma yil avvalgisidan ancha past sur’atda kechishi mumkin ekanidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, Tarmoq yaratuvchisining fikricha, agarda Internet biroz bo‘lsa ham nomarkazlashgan bo‘lganida, AQSh siyosatiga axborot manipulyatsiyalari yordamida ta’sir ko‘rsatish ancha qiyin bo‘lardi. Bu masalada yirik kompaniyalar tomonidan yordam taqdim etilishini kutish kerak emas, sababi ular boshidan jamiyatda farovonlikni oshirishga emas, balki daromadni ko‘paytirish maqsadida yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tim Berners-Li britaniyalik taniqli olim bo‘lib, Internet yaratuvchilaridan biri sanaladi. Hozirda u Internet uchun standartlarni ishlab chiqish va tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi Butunjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumiga rahbarlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internet yaratuvchisi uning asosiy muammosini aytdi