"Google Developers Group" (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan GDG — DevFest dasturchilar festivali ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Festival 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilishi rejalangan. Tadbir GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan "Google" kompaniyasi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida o‘tkaziladi.
DevFest — "Google Developers Group" jamoalari tomonidan har yili "Google" kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq bo‘lmagan kishilar "Google"ning so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadi. O‘zbekistondagi DevFest’da "Google" mutaxassisi Eli Kaplan qatnashishi kutilmoqda.
Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni kun davomida muhokama qiladi. Xususan, ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalaridan biznesda foydalanish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadi. Festivalda qatnashish bepul, ammo ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Inha universiteti 2015 yildan buyon yosh mutaxassislar uchun Google I/O Extended Tashkent konferensiyasini o‘tkazib keladi. Konferensiya o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni "Google"ning innovatsion yechimlari bilan tanishishi uchun o‘ziga xos platformadir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi