Ko‘pchilik anatomiya, fiziologiya fanlarida o‘rganilmagan narsa qolmadi, deb o‘ylashmoqda. Aslida esa bu fanlarni o‘rganganingiz sari yanada mukammalliklarni his qila boshlaysiz...
Masalan, Massachusets tadqiqotchilari yurakda turli hodisalar tufayli nobud bo‘lib, o‘z faoliyatini yo‘qotgan hujayralarni qayta tiklashga yordamlashuvchi yangi immun hujayrani topishdi. Bu hujayra hozirgacha ilm-fanda ma’lum emas edi. Uning vazifasi shundayki, tobora zaiflashayotgan hujayraning qayta tiklanishida ko‘maklashadi. Olimlar bu hujayra faoliyatini o‘rganib, uni yanada yaxshilash yo‘llarini tadqiq qilishdi va yangi formula ishlab chiqishdi. Bu tadqiqotni yuragida nuqsoni bor sichqonda sinab ko‘rishdi. Ma’lum muddatdan keyin sichqonning yuragida o‘zgarish yuz bera boshladi. Bir oy oldin faoliyatini yo‘qotgan hujayralar o‘z faoliyatini tiklay boshladi.
Olimlarning aytishlaricha, bu kabi hujayralar insonning barcha organlarida mavjud. Faqat turli preparat, reaksiyalar ta’sirida ma’lum bir a’zo hujayralari va buning oqibatida ularni tiklovchi hujayralar ham nobud bo‘lyapti. Olimlar mazkur tadqiqot ustida ishlamoqdalar. Ular bu turdagi hujayralarning faoliyatini yanada yaqinroqdan o‘rganishlari kerakligini aytishmoqda.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda