14:14 / 24.04.2024
131

Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin

Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin
Quyosh nuri ta’sirida ishlab chiqariladigan D vitamini tanqisligi faqatgina suyaklarning umumiy salomatligi va kayfiyatga ta’sir etadi, deb qaralgan. Biroq yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, D vitaminining yetishmasligi boshqa kasalliklarning yuzaga kelishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: Alamy
Irlandiyada 4000 nafar keksa insonlar ishtirokida navbatdagi tadqiqot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, D vitamini tanqisligi bo‘lgan ishtirokchilarda depressiyaning rivojlanish xavfi 75 foizga yuqori chiqdi. Bu esa D vitamini to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh miya va nerv tizimiga ta’sir etishini yana bir bor isbotlaydi. Uning yetishmasligi oqibatida Parkinson va demensiya (aqli zaiflik va eslay olmaslik) kabi kasalliklarga keksayganda chalinish xavfi ortadi.

Irlandiyalik bosh shifokor Robert Briggsning fikricha, mazkur tadqiqot natijalari mamlakatdagi sog‘liqni saqlash siyosatiga ta’sir o‘tkazishi, jumladan, depressiyaning oldini olish uchun D vitaminini qo‘shimcha sifatida aholiga tarqatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Foto: The Week
D vitamini tanqisligi nafaqat keksalarga, yosh ayollarga ham ta’sir etib, ularda doimiy yomon va salbiy fikrlar paydo qiladigan depressiya xavfini oshiradi. Ushbu tadqiqot D vitaminining ham jismoniy, ham ruhiy salomatlik uchun muhim element hisoblanishini isbotladi. Vitaminlarni qo‘shimcha qabul qilish barcha yoshdagi odamlarda depressiyaning oldini olishda oddiy va samarali yechim bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqot mualliflari barcha davlatlarda va ayniqsa quyosh nuri cheklangan hududlardagi sog‘liqni saqlash dasturlarida D vitaminining ahamiyatini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin